Tadbirlar

Baraka servisi ilovani yangilamoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo‘ladi

Baraka servisi ilovani yangilamoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo‘ladi


20.10.2026., Samarqand, O‘zbekiston
— Baraka servisi ilovaning yangilangan versiyasini taqdim etdi: 3-noyabrdan boshlab foydalanuvchilar uchun moliya va ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari paydo bo’ladi, shuningdek, ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan shaxslar uchun maxsus rejim joriy etiladi.

Ushbu yangiliklar 21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Bolalar farovonligiga investitsiyalar» Butunjahon sammitida namoyish etildi. Servis stendi bilan xorijiy davlatlarning birinchi xonimlar, vazirlar va xalqaro ekspertlar tanishdilar.

Kundalik vazifalar uchun yangi interfeys


3-noyabrdan e’tiboran Baraka mobil ilovasi asosiy ekranning yangilangan tuzilmasiga ega bo‘ladi. Yagona tasmali ko‘rinish o‘rniga interfeys ikkita rejimga bo‘linadi:

  • Moliya: balans, kartalar ro‘yxati, tranzaksiyalar tarixi va to‘lovlarga tezkor kirish tugmalarini (Payment, QR, Transfer) bir joyga jamlaydi.
  • Ijtimoiy xizmatlar: to‘lovlar va imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar, arizalar topshirish hamda ularning maqomini kuzatish funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

Bunday ajratish foydalanuvchilarni umumiy ro‘yxatdan kerakli funksiyalarni uzoq qidirish tashvishidan xalos etadi. Bundan tashqari, Accessibility alohida bo‘limida Low Vision rejimi paydo bo‘ldi. Ushbu rejim orqali matn hajmini, kontrastlikni hamda yorug‘/qorong‘i mavzuni oldindan ko‘rish oynasida sozlash mumkin. Yangi parametrlar ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlarga servisdan yanada ishonchli foydalanishga yordam beradi.

«Raqamli servislar yoshi, salomatlik holati va hayotiy sharoitlaridan qat’i nazar, insonlarga kundalik vazifalarni mustaqil hal etish hamda zarur xizmatlarni olishda ko‘maklashishi biz uchun muhim. Maxsus qulayliklar — shunchaki qo‘shimcha funksiya emas, balki servisni ko‘pchilik uchun foydali qilish va davlat xizmatlaridan foydalanishdagi to‘siqlarni kamaytirish imkoniyatidir», — deb ta’kidladi Baraka loyiha offisi rahbari Rustamxon Azizov.

Servis ko‘lami haqida

Bugungi kunda Baraka kartasidan 1,8 milliondan ortiq kishi foydalanmoqda, har oy 500 mingdan ziyod foydalanuvchio‘z ijtimoiy to‘lovlarini ushbu kartaga qabul qilib oladi. Ilova orqali 80 dan ortiq ijtimoiy yordam turlari bo‘yicha ariza topshirish, 19 turdagi rasmiy hujjatlarni elektron ko‘rinishda rasmiylashtirish mumkin. Kartaning o‘zi esa 5 ta guvohnomani (jumladan, pensiya va talabalik guvohnomalarini) o‘rnini bosadi.

Loyiha Aloqabank va Xalq banki bilan hamkorlikda Visa to‘lov tizimi bazasida amalga oshirilmoqda. 16 ta ijtimoiy toifa vakillari uchun karta bepul chiqariladi.

Loyiha haqida batafsil: https://baraka.gov.uz/

Baraka servisi haqida


Baraka
— O‘zbekistonda davlat ijtimoiy to‘lovlari, imtiyozlar va kundalik moliyaviyxizmatlardan foydalanish uchun bank kartasi va mobil ilovani jamlovchi servis. Ilova orqali80 dan ziyod turdagi ijtimoiy to‘lovlar va xizmatlarga arizalar taqdim etish, ularningmaqomini kuzatib borish va elektron hujjatlardan foydalanish mumkin. 2026-yil oktabr oyiholatiga ko‘ra, “Baraka” kartasidan 1,8 mln.dan ziyod kishi foydalanmoqda. Loyiha“Aloqabank” va Xalq Banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, karta Visa to‘lovtarmog‘ida ishlaydi.

 

All news

Other news