Find your benefit

70+ benefits and social services. Search or choose your situation.

Benefits Category:

Choose one

Support

Not sure which fits?

Call the hotline:

1087

Or visit an “Inson” centre.

Benefits for you: All Benefits

Found: 8
  • Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

    • O‘z hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki mahallangizdagi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali;

    • Ichki ishlar organlarining "102" raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki hududiy profilaktika inspektoriga uchrashish orqali;

    • 1146 (“Ishonch telefoni”) yoki 112 raqamlariga bog‘lanish orqali.

    Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Arizachilar)

    • Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari;

    • Zo‘ravonlik holatiga guvoh bo‘lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslar (uchinchi shaxslar).

    Qanday hujjatlar va ma’lumotlar talab etiladi?

    Ariza berishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

    • Xizmatdan foydalanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
    • Tug‘ilgan yili, sanasi va manzili.

    Eslatma: Shifoxonaga yoki reabilitatsiya markaziga joylashish uchun hech qanday qo‘shimcha qog‘oz yoki spravkalar talab etilmaydi.

    Xizmat qayerda va qanday shaklda ko‘rsatiladi?

    • Kunduzgii qatnov shaklida: "Inson" markazlarida qisqa va uzoq muddatli psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

    • Statsionar (boshpana) shaklida: Reabilitatsiya markazlarida (shelterlarda) 6 oygacha bepul yashash joyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va zarur xizmatlar taqdim etiladi.

    Xizmatni ko‘rsatish qaysi hollarda rad etiladi?

    • Jablangan xotin-qizlar xizmatdan foydalanishga rozilik bildirmaganda yoki himoya orderi olishni rad etganda;

    • Tibbiy ko‘rikda markazda qolishga to‘sqinlik qiluvchi o‘tkir yuqumli, og‘ir ruhiy yoki faol bosqichdagi sil kasalliklari aniqlanganda (bunda shaxs avval shifoxonaga joylashtiriladi).

    Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament.

  • Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Jismoniy shaxslar)

    Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari.

    Xizmat doirasida qanday amaliy yordam ko‘rsatiladi?

    • Markazning huquqshunoslari va ijtimoiy xodimlari tegishli davlat idoralariga (DXM, FHDYo, IIB) so‘rovnomalar tayyorlaydi va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ayolga hamrohlik qiladi.

    • Agar ayol boshpanada (shelterda) yashayotgan bo‘lsa, hujjatlarni shelterning o‘ziga olib kelib topshirishga ko‘maklashiladi.

    Agar hujjatlar boshqa tuman yoki viloyatdan olingan bo‘lsa, ayol o‘sha yerga borishi shartmi?

    Yo‘q, shart emas. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining FHDYo va IIB bazalari bilan integratsiyasi tufayli markaz xodimlari kerakli ma’lumotlarni elektron so‘rov orqali o‘zi turgan joydan turib oladi.

    Hujjatlar tiklangunga qadar bolalarning bog‘cha yoki maktabga borishi to‘xtab qoladimi?

    Yo‘q, to‘xtamaydi. Hujjatlar tiklangunga qadar ham vakolatli organlarning yo‘llanmasi yoki dalolatnomasi asosida voyaga yetmagan farzandlar yaqin atrofdagi maktab yoki bog‘chaga vaqtinchalik majburiy joylashtiriladi.

  • Ayollar qayerga va qanday kasblarga o‘qitiladi?

    Xizmat doirasida xotin-qizlarni hududlardagi Monomarkazlar va kasb-hunarga o‘qitish markazlariga davlat liniyasi orqali bepul o‘qishga yo‘llanma beriladi.

    Ayol kishi o‘qiyotgan vaqtda uning farzandlariga kim qaraydi?

    Eng muhim qulaylik: Xotin-qizlar kasbga o‘qiyotgan yoki ish bilan ta’minlanayotgan davrda, ularning voyaga yetmagan farzandlariga qarab turish uchun maxsus qo‘shimcha tarbiyachi ajratiladi va birkitiladi.

    Xizmat qanday shakllarda ko‘rsatiladi?

    • Kunduzgi qatnov shaklida: Uyda yashab, markaz yo‘llanmasi bilan borib o‘qish orqali;

    • Statsionar shaklda: Reabilitatsiya markazida (shelterda) vaqtincha yashash davrida o‘qishga yo‘naltirilish orqali.

  • Bolalar qanday ta’lim muassasalariga joylashtiriladi?

    Bolaning yoshiga qarab, reabilitatsiya markaziga eng yaqin hududdagi maktabgacha ta’lim (bog‘cha) yoki umumiy o‘rta ta’lim (maktab) muassasalariga vaqtincha joylashtiriladi.

    Bolalarning ta’lim muassasasiga borib-kelishi va xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

    Muhim qoida: Bolalar bog‘cha yoki maktabga vaqtincha joylashtirilganda, ularni ta’lim muassasasiga olib borish va olib kelish (kuzatib qo‘yish) xavfsizlik nuqtayi nazaridan hududiy markaz tomonidan to‘liq ta’minlanadi.

    Bolalarning hujjatlari yo‘q bo‘lsa ham maktab yoki bog‘chaga qabul qilinadimi?

    Ha, qabul qilinadi. Hujjatlar tiklanayotgan davrda ham vakolatli organlarning (Inson markazi yoki profilaktika inspektori) yo‘llanmasi va dalolatnomasi asosida bolalarning ta’lim olish huquqi to‘xtatilmaydi.

  • Xizmatdan qanday foydalanish mumkin va u qayerda joylashgan?

    Arizangiz va roziligingiz asosida “Inson” markazlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari xizmat ko‘rsatish belgilangan kuni ayolni va uning bolalarini markazga o‘zi olib borib joylashtiradi (27-band).

    Markazga (shelterga) joylashish uchun asosiy shart nima?

    Muhim shart: Hududiy reabilitatsiya markazlariga chuqurlashtirilgan yordam uchun joylashtirishda ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim (18-band).

    Markazda (shelterda) qancha muddatgacha yashash mumkin?

    Yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofif 6 oy muddatgacha vaqtincha yashash (boshpana) ta’minlanadi (6-band).

    Markazda ayollar nimalar bilan ta’minlanadi?

    Bepul boshpana (yotoq joyi), oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi. Shuningdek, kompleks psixologik, huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi (6, 30-bandlar).

    Qaysi hollarda markazga joylashtirish rad etiladi?

    • Ayol kishi o‘z xohishi bilan joylashishga rozilik bildirmaganda yoki himoya orderi olishni rad etganda;

    • Tibbiy ko‘rikda boshqalarga yuqadigan o‘tkir yuqumli, og‘ir ruhiy yoki faol bosqichdagi sil kasalliklari aniqlanganda (bunda avval shifoxonada davolatiladi) (26-band).

    O‘z hududidagi markazda joy bo‘lmasa nima qilinadi?

    Agar ayolning yashash joyidagi markazda bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, unga yaqin bo‘lgan hududdagi yoki o‘z xohishiga ko‘ra boshqa hududdagi reabilitatsiya markaziga (yoki NNT markazlariga) joylashtiriladi. Boshqa viloyatga borish yo‘l xarajatlari markaz tomonidan qoplanadi (24, 34-bandlar).

  • Birlamchi ko‘mak xonasi qayerlarda tashkil etilgan?

    Respublika bo‘yicha shoshilinch qabul bo‘limi mavjud bo‘lgan barcha shifoxonalarda tunu kun (24/7) ishlaydigan maxsus xonalar tashkil etilgan (1, 6-bandlar).

    Xizmat doirasida qanday yordamlar ko‘rsatiladi?

    • Zudlik bilan birinchi tibbiy yorʻdam ko‘rsatiladi;

    • Ruhshunos yoki psixiatr ko‘rigi tashkil etiladi;

    • Bepul oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi (15, 16-bandlar).

    Birlamchi ko‘mak xonasida qancha muddat qolish mumkin?

    Sog‘liqni tiklash va dastlabki xavfsizlikni ta’minlash uchun 3 sutkadan (72 soatdan) ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi (14-band).

    Ushbu xonadan keyingi bosqich qanday bo‘ladi?

    3 sutka ichida ijtimoiy xodim ayol bilan suhbatlashadi. Agar ayol rozi bo‘lsa va unda chuqurlashtirilgan reabilitatsiyaga ehtiyoj bo‘lsa, u himoya orderi asosida Ayollarni reabilitatsiya qilish markaziga (shelterga) o‘tkaziladi (18-band).

  • Himoya orderini qayerdan va qanday olish mumkin?

    Ichki ishlar organlarining "102" raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki hududiy profilaktika inspektoriga murojaat qilish orqali. Shuningdek, "Inson" markazlari ham ayolga himoya orderini olishda ko‘maklashadi (8, 9-bandlar).

    Himoya orderi qancha muddatda rasmiylashtiriladi?

    24 soat ichida. Profilaktika inspektori zo‘ravonlik haqidagi murojaatni ro‘yxatga olgandan so‘ng, sutka davomida himoya orderini rasmiylashtirishi shart (11-band).

    Himoya orderi rasmiylashtirilgach, ma’lumotlar qayerga kiritiladi?

    Profilaktika inspektori order ma’lumotlarini va jabrlanuvchining ehtiyojlarini darhol “E-himoya orderi” elektron tizimiga kiritadi. Bu ma’lumot avtomatik ravishda “Inson” markazlariga ham yetib boradi (11-band).

    Reabilitatsiya markaziga (shelterga) joylashish uchun himoya orderi shartmi?

    Ha, shart. Xotin-qizlarni hududiy reabilitatsiya markazlarining chuqurlashtirilgan va uzoq muddatli (6 oygacha) yordam xizmatlaridan foydalanishi uchun ularda himoya orderi rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart (18, 21-bandlar).

    Agar shifoxonada davolanish sababli himoya orderining muddati tugab qolsa nima bo‘ladi?

    Imtiyoz mavjud. Agar ayol kishi markazda taqiqlangan ma’lum kasalliklar tufayli shifoxonaga yuborilsa, u davolanib chiqqach, himoya orderining muddati tugagan bo‘lsa ham reabilitatsiya markaziga (shelterga) qayta joylashtirilishi mumkin (21-band).

    Himoya orderi berilganda zo‘ravon shaxsga nisbatan nima qilinadi?

    Profilaktika inspektori tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan majburiy tartibda profilaktik suhbat o‘tkazadi va unga order shartlarini (ayolga yaqinlashmaslik, aloqaga chiqmaslik va h.k.) tushuntiradi (11-band).

  • Hujjatda sudga ariza yozish bo‘yicha qanday huquqiy asos bor?

    Reglamentning 9-bandi “v” kichik bandida “Inson” markazlari jabrlangan xotin-qizlarga “qonunchilikka muvofiq huquqiy xizmatlar ko‘rsatishi” shartligi belgilangan. Amaliyotda sudga ariza va da’volar tayyorlash aynan shu huquqiy xizmatlar doirasiga kiradi.

    Reabilitatsiya markazida (shelterda) bu xizmat qanday ko‘rsatiladi?

    Reglamentning 30-bandiga muvofiq, markazga joylashtirilgan ayollarga “huquqiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish” markazning majburiy vazifasi hisoblanadi. Markaz yuristlari ayolning huquqini himoya qilish uchun sud hujjatlarini tayyorlashda yordam beradi.

    Sudga murojaat qilish bo‘yicha maslahatni kim beradi?

    Reglamentning 19-bandiga asosan, markaz xodimlari orasidan unga “huquqiy masalalarda ekspert maslahatchi xizmatlari” biriktiriladi. U ayolga qaysi sudga va qanday tartibda da’vo kiritish kerakligini tushuntiradi.

    Xizmat bepulmi yoki haq to‘lanadimi?

    “Inson” markazlari va reabilitatsiya markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha advokatlik, yuridik va konsultativ yordamlar mutlaqo bepul amalga oshiriladi.