Find your benefit

70+ benefits and social services. Search or choose your situation.

Benefits Category:

Choose one

Support

Not sure which fits?

Call the hotline:

1087

Or visit an “Inson” centre.

Benefits for you: All Benefits

Found: 15
  • To‘lov miqdori

    Miqdor qonunchilik bilan belgilanadi. “Kambag‘allik chegarasidagi oila”ga 75% yoki 50% to‘lanadi (daromadiga qarab).

    Davriylik

    Har oy to‘lanadi.

    To‘lov muddati

    “Davlat ta’minotidagi” va “kambag‘al” oilaga — toifa saqlanib turgan davrda. “Kambag‘allik chegarasidagi oila”ga — 6 oy. Bolalar nafaqasi — bola 18 yoshga to‘lguncha.

    Tasdiqlovchi hujjat

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.01.2026 yildagi 35-son

    Ariza berish tartibi

    DXM, mahalla ijtimoiy xodimi, YAMIH AT, YIDXP, “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali. Oyiga 1 marta.

    Qanday hujjatlar talab etiladi?

    Asosan shaxsni tasdiqlovchi hujjat. Qolgan ma’lumotlar elektron tizim orqali olinadi.

    Arizani kim ko‘rib chiqadi? Qaror qanday qabul qilinadi?

    “Yagona reyestr” AT orqali avtomatik ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi. Ariza topshiruvchilar, joriy oyning 16-sanasigacha ariza bergan bo‘lsa, ularga keyingi oyning 1-sanasigacha nafaqa berilishi, rad etilishi yoki ko‘rib chiqilishi keyingi oyga (kutish ro‘yxatiga) qoldirilishi haqida xabar beriladi.
    Joriy oyning 16-sanasidan keyin topshirilgan arizalar esa ko‘rib chiqish uchun keyingi oyga (kutish ro‘yxatiga) o‘tkaziladi

    Qachon rad etiladi?

    Reyestrga kiritilmagan bo‘lsa, 6 oy o‘tgan bo‘lsa, ishga joylashish talabi bajarilmasa, noto‘g‘ri ma’lumot berilsa.

    To‘lov qachon va qayerda amalga oshiriladi?

    Har oy 4–27 sanalarda bank kartaga yoki ijtimoiy kartaga o‘tkaziladi.

    Kimlarga tayinlanadi?

    “Davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila”, “kambag‘allik chegarasidagi oila”.

  • Davolanish uchun yordam necha marta beriladi?

    Ushbu turdagi moddiy yordam muhtoj shaxslarga yiliga bir marotaba ko‘rsatiladi.

    Yordam olish uchun qanday tibbiy hujjat talab etiladi?

    Davolash muassasasidan olingan, ixtisoslashtirilgan muassasada davolanish zarurligi va tibbiy xizmatning aniq qiymati ko‘rsatilgan yo‘llanma (order) talab etiladi (16-17-bandlar).

    Yordam berish haqidagi qaror qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

    Ijtimoiy xodim tavsiyanomasi asosida "Mahalla yettiligi" tomonidan 5 ish kuni ichida, shoshilinch holatlarda esa 1 kun (24 soat) ichida ko‘rib chiqiladi (18, 22-bandlar).

    Mablag‘lar qanday tartibda to‘lanadi?

    Mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida berilmaydi, balki shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat tibbiy sug‘urta jamg'armasiga o‘tkazib beriladi (21-band).

    Qaysi holatda yordam berish rad etilishi mumkin?

    Agar shaxs ayni shu davolanish uchun “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari” jamg‘armalaridan yordam olgan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).

    Yo‘llanmaning haqiqiyligi qanday tekshiriladi?

    Ijtimoiy xodim tomonidan bir ish kuni ichida yo‘llanma sog‘liqni saqlash organlarining elektron tizimlari orqali tekshiriladi (17-band).

  • Yordam olish uchun qanday tibbiy hujjat taqdim etilishi shart?

    Tegishli davolash muassasasidan olingan, jarrohlik amaliyoti zarurligi va tibbiy xizmatning (operatsiyaning) aniq qiymati ko‘rsatilgan yo‘llanma (order) talab etiladi (16-17-bandlar).

    Yordam puli fuqaroning qo‘liga beriladimi?

    Mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida berilmaydi, balki shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat tibbiy sug‘urta jamg'armasiga o‘tkazib beriladi (21-band).

    Qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

    Ijtimoiy xodimning tavsiyasi asosida "Mahalla yettiligi" tomonidan kollegial (jamoaviy) tartibda qabul qilinadi (18-band).

    Qaysi holatda jarrohlik uchun yordam rad etiladi?

    Agar shaxs ayni shu operatsiya xarajatlari uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki boshqa davlat dasturlari doirasida yordam olgan bo‘lsa (12-band).

    Tibbiy yo‘llanma qanday tekshiriladi?

    Ijtimoiy xodim bir ish kuni ichida yo‘llanmani sog‘liqni saqlash organlarining elektron tizimlari orqali haqiqiyligini tekshiradi (17-band).

    Operatsiya xarajati juda yuqori bo‘lsa-chi?

    Agar ehtiyoj jamg‘armaning mahalla uchun ajratilgan mablag‘idan yuqori bo‘lsa, yordam miqdori kamaytirilishi yoki navbat keyingi oyga ko‘chirilishi mumkin (18-band).

  • Oziq-ovqat vaucherini rasmiylashtirish muddati qancha?

    Murojaatni o‘rganish, tavsiyanoma shakllantirish va vaucher ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Oziq-ovqat vaucheri (vaucher) ozi o’zi nima?

    Bu eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarini davlat subsidiyasi hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).

    Vaucherning amal qilish muddati qancha?

    Vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi. Shu muddatda undan foydalanish shart (3-band).

    Mahsulotlarni qayerdan sotib olish mumkin?

    "Ijtimoiy himoya" ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sovtuvchilardan (do'konlardan) elektron savdo platformasi orqali xarid qilinadi (6, 24-bandlar).

    Vaucherni naqd pulga almashtirsa bo’ladimi?

    Yo‘q. Vaucher faqat belgilangan turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni naqdlashtirish taqiqlanadi.

    Mahsulotlar uyga yetkazib beriladimi?

    Ha. Sotuvchi (tadbirkor) oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli va o‘z vaqtida yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’uldir (45-band).

    Murojaat qanday tasdiqlanadi?

    Mahsulotlar yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma'lum qilishi orqali xarid yakunlanadi (37-band).

    Agar tanlangan mahsulot vaucher summasidan qimmat bo’lsa-chi?

    Bunday holda o‘rtadagi farqni yordam oluvchi o‘z hisobidan to‘lashi lozim. Aks holda sotuvchi buyurtmani rad etishi mumkin (40-band).

  • Kiyim-kechak uchun vaucherni rasmiylashtirish muddati qancha?

    Murojaat tushgan kundan boshlab ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kiyim-kechak vaucheri (vaucher) o‘zi nima?

    Bu kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni davlat tomonidan qoplab beriladigan mablag‘lar hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).

    Kiyimlarni qayerdan va qanday tanlash mumkin?

    "Ijtimoiy himoya" ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan (tadbirkorlardan) elektron savdo platformasi orqali o‘z xohishiga ko‘ra tanlanadi (6, 37-bandlar).

    Kimlar bu vaucherni olish huquqiga ega?

    Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, kiyim-kechakka muhtojligi ijtimoiy xodim tomonidan o‘tkazilgan keys-menejment natijasida tasdiqlangan shaxslar va oilalar (4-5-bandlar).

    Kiyimlar uyga yetkazib beriladimi?

    Ha. Sotuvchi (tadbirkor) buyurtma qilingan kiyim-kechaklarni 3 kun ichida yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’uldir (37, 45-bandlar).

    Vaucher summasi kiyim narxidan kam bo‘lsa-chi?

    Agar tanlangan kiyim vaucher summasidan qimmat bo‘lsa, yordam oluvchi o‘rtadagi farqni o‘z hisobidan to‘lashi lozim (40-band).

    Xarid qanday yakunlanadi?

    Kiyimlar yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma'lum qilishi orqali xarid tizimda tasdiqlanadi (37-band).

  • Ijara subsidiyasini rasmiylashtirish muddati qancha?

    Murojaat tushgan kundan boshlab ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kimlar ijara subsidiyasini olish huquqiga ega?

    O‘ta og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yashash uchun uy-joyi bo‘lmagan yoki uy-joyi yashash uchun mutlaqo yaroqsiz bo‘lgan, ijtimoiy xodim tomonidan keys-menejment asosida muhtoj deb topilgan shaxslar (4-5-bandlar).

    Subsidiya miqdori qanday belgilanadi?

    Subsidiya miqdori hududdagi ijara bozoridagi narxlar va fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib, "Mahalla yettiligi" tomonidan tasdiqlangan miqdor doirasida belgilanadi (18-band).

    Mablag‘lar kimning hisobiga o‘tkaziladi?

    Mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida berilmaydi. Ular ijara shartnomasi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga oluvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi (21-band).

    Qaysi holatda ushbu subsidiya berilmaydi?

    Agar fuqaro ayni shu ijara xarajatlari uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki boshqa davlat dasturlari orqali yordam olayotgan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).

    Murojaat qanday tartibda ko‘rib chiqiladi?

    Dastlab ijtimoiy xodim oila ahvolini o‘rganib tavsiyanoma kiritadi, so‘ng "Mahalla yettiligi" kollegial (jamoaviy) tartibda ovoz berish orqali qaror qabul qiladi (19-band).

    Agar jamg‘armada mablag‘ yetarli bo‘lmasa-chi?

    Agar mahalla uchun ajratilgan mablag‘ yetishmasa, yordam ko‘rsatish keyingi oyga kechiktirilishi mumkin. Ketma-ket 3 marta kechiktirilsa, tizim arizani avtomatik rad etadi (20-band).

    Subsidiya to‘lash qachon to‘xtatiladi?

    Yordam oluvchi vafot etsa, ozodlikdan mahrum etilsa, oila Ijtimoiy reestrdan chiqarilsa yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketsa (23-band).

  • Uy-joyni ta’mirlash yordami qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

    Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Yordam qanday shaklda ko‘rsatiladi?

    Uy-joyni ta’mirlash yoki tiklash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari vaucher asosida taqdim etiladi (6, 24-bandlar).

    Vaucher orqali qurilish materiallarini qanday olish mumkin?

    Yordam oluvchi "Ijtimoiy himoya" ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali materiallarni o‘zi tanlaydi (6, 37-bandlar).

    Kimlar uy-joyini ta’mirlash uchun yordam olishi mumkin?

    Uy-joyni taʼmirlash uchun — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik oʻrtacha jami daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar.

    Qurilish materiallari uyga yetkazib beriladimi?

    Ha. Sotuvchi (tadbirkor) tanlangan qurilish materiallarini yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’uldir (45-band).

    Qaysi holda ushbu yordam berilmaydi?

    Agar uy-joyni ta’mirlash xarajatlari ayni shu maqsad uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki boshqa manbalar hisobidan qoplangan bo‘lsa (12-band).

    Yordam miqdori qanday belgilanadi?

    Oila ehtiyoji va uyning holatidan kelib chiqib, mahalla uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida "Mahalla yettiligi" tomonidan belgilanadi (18-band).

  • Uy-joyni moslashtirish xizmati o‘zi nima?

    Bu nogironligi bo‘lgan va harakati cheklangan shaxslarning uyida to‘siqsiz harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish (pandus o‘rnatish, tutqichlar qo‘yish va h.k.) tadbiridir.

    Moslashtirish doirasida qanday ishlar amalga oshiriladi?

    Kirish yo‘liga pandus qo‘yish, oshxona, yotoqxona va yuvinish xonalariga tutqichlar (poruchniy) o‘rnatish, eshiklarni kengaytirish va boshqa texnik moslamalar o‘rnatish (32-band).

    Yordam olish uchun qanday shartlar bor?

    Yashash sharoitini moslashtirish uchun — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan shaxslar. Bunda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oylik oʻrtacha jami daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilaning aʼzosi boʻlishi lozim.

    Kerakli materiallar uyga bepul yetkaziladimi?

    Ha. Tanlangan qurilish materiallari va uskunalarini sotuvchi (tadbirkor) yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’ul hisoblanadi (45-band).

    Agar boshqa jamg‘armadan yordam olingan bo‘lsa-chi?

    Agar uy-joyni moslashtirish xarajatlari ayni shu davr uchun boshqa ijtimoiy dasturlar yoki manbalar hisobidan qoplangan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).

    Xarid qanday tasdiqlanadi?

    Materiallar yoki moslamalar yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma'lum qilishi orqali jarayon yakunlanadi (37-band).

  • Ushbu yordam turi Nizomda nazarda tutilganmi?

    Ha. Nizomning 13-bandiga ko'ra, "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi mablag'lari Hukumat va Agentlik qarorlariga binoan ro'yxatda bo'lmagan boshqa ijtimoiy maqsadlarga, shu jumladan kommunal to'lovlar uchun ham yo'naltirilishi mumkin.

    Kommunal yordamni rasmiylashtirish muddati qancha?

    Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" tomonidan jamoaviy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kimlar kommunal xarajatlar uchun yordam olishi mumkin?

    Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar

    Yordam puli fuqaroning qo‘liga naqd beriladimi?

    Yo‘q. Mablag‘lar maqsadli ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning (gaz, elektr, suv va h.k.) bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi (21-band).

    Kommunal yordam necha marta berilishi mumkin?

    Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marotaba (1-oktabrdan 15-martga qadar)

    Agar oila a’zolari mehnatga layoqatli bo’lsa-chi?

    Ijtimoiy xodim keys-menejment jarayonida oilaning daromad manbalarini o'rganadi. Agar oilada asossiz ravishda ishlamayotgan shaxslar bo'lsa, yordam ko'rsatish rad etilishi mumkin.

    Mablag’ yetishmagan taqdirda nima qilinadi?

    Agar mahalla uchun ajratilgan oylik limit tugagan bo'lsa, yordam keyingi oyga ko'chirilishi mumkin. Ketma-ket 3 marta kechiktirilsa, ariza avtomatik rad etiladi (20-band).

  • Ushbu yordam turi Nizomda qanday belgilangan?

    Nizomning 13-bandiga ko'ra, Jamg'arma mablag'lari Hukumat yoki Agentlik qarorlariga binoan ro'yxatda ko'rsatilmagan boshqa ijtimoiy maqsadlarga, shu jumladan yig'ilib qolgan kommunal qarzdorliklarni yopishga yo'naltirilishi mumkin.

    Qarzdorlikni qoplash muddati qancha?

    Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kimlar kommunal qarzdorligini yoptirish huquqiga ega?

    Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar

    Qarzdorlik uchun pul fuqaroning o’ziga beriladimi?

    Yo‘q. Mablag‘lar naqd pulsiz shaklda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning (Hududiy elektr tarmoqlari, Hududgazta'minot va h.k.) hisobvarag'iga o'tkaziladi (21-band).

    Yordam miqdori qancha bo’lishi mumkin?

    Qarzdorlik miqdori va oilaning ehtiyojidan kelib chiqib, mahalla uchun ajratilgan oylik limit doirasida "Mahalla yettiligi" tomonidan belgilanadi (18-band).

    Qarzdorlikni qoplash uchun qanday hujjat kerak?

    Kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotdan olingan qarzdorlik mavjudligi haqidagi ma'lumotnoma (invoyis) ijtimoiy xodimga taqdim etilishi lozim.

    Murojaat rad etilishi mumkinmi?

    Ha. Agar oilada mehnatga layoqatli, ammo asossiz ishlamayotgan shaxslar bo'lsa yoki oila boshqa manbalardan yordam olgan bo'lsa, "Mahalla yettiligi" rad etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (18-19-bandlar).

    Agar qarzdorlik summasi juda katta bo’lsa-chi?

    Bunday holda yordam miqdori Jamg'arma imkoniyatidan kelib chiqib qisman qoplanishi yoki to'lov bosqichma-bosqich (keyingi oylarga bo'lib) amalga oshirilishi mumkin (18-band).

  • Ko‘mir yoki yoqilg‘i vaucherini olish muddati qancha?

    Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Yoqilg‘i vaucheri o‘zi nima?

    Bu ko‘mir, o‘tin yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlarini davlat subsidiyasi hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).

    Ko‘mirni qayerdan va qanday sotib olish mumkin?

    "Ijtimoiy himoya" ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali yordam oluvchi o‘zi tanlaydi (6, 24-bandlar).

    Vaucher summasi ko‘mir narxidan kam bo‘lsa-chi?

    Agar tanlangan mahsulot vaucher summasidan qimmat bo‘lsa, yordam oluvchi o‘rtadagi farqni o‘z hisobidan to‘lashi lozim (40-band).

  • Ushbu yordam turi qanday holatlarda beriladi?

    Tabiiy ofatlar, yong‘inlar yoki boshqa favqulodda hodisalar natijasida uy-joyi zarar ko‘rgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarga beriladi (4, 24-bandlar).

    Favqulodda holatda yordam necha kunda ko‘rib chiqiladi?

    Bunday vaziyatlar "shoshilinch" goli ostida ko‘rib chiqiladi va ijtimoiy xodim tavsiyanomasi asosida "Mahalla yettiligi" tomonidan bir sutka (24 soat) ichida qaror qabul qilinishi shart (22-band).

    Qurilish materiallarini qayerdan olish mumkin?

    "Ijtimoiy himoya" ATda ro‘yxatdan o‘tgan sotuvchilardan (tadbirkorlardan) elektron savdo platformasi orqali yordam oluvchi o‘zi tanlaydi (37-band).

    Materiallar uyga yetkazib beriladimi?

    Ha. Sotuvchi (tadbirkor) qurilish materiallarini yordam oluvchining uyigacha (zarar ko‘rgan manzilga) yetkazib berishga mas’uldir (45-band).

    Agar boshqa jamg‘armadan yordam berilgan bo‘lsa-chi?

    Agar uy-joyni tiklash xarajatlari ayni shu hodisa bo‘yicha boshqa manbalar (sug‘urta, maxsus jamg‘armalar) hisobidan qoplangan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).

    Mablag‘lar tadbirkorga qachon o‘tkaziladi?

    Materiallar yetkazib berilib, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma'lum qilganidan so‘ng mablag‘ avtomatik o‘tkaziladi (42-band).

  • DNK xarajatlarini qoplash uchun yordam nima?

    Bu og'ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar talabi bilan o'tkaziladigan genetik ekspertiza (DNK tahlili) xarajatlarini davlat tomonidan to'lab berishdir.

    Yordam olish muddati qancha etib belgilangan?

    Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kimlar DNK xarajatlari uchun yordam olishi mumkin?

    Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar

    Yordam olish uchun qanday asosiy hujjat kerak?

    Sudning ajrimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning DNK tahlili o'tkazish haqidagi qarori hamda xizmat narxi ko'rsatilgan invoys (hisob-faktura) talab etiladi.

    Qaysi holatda yordam berish rad etiladi?

    Agar shaxs ayni shu ekspertiza xarajatlari uchun boshqa davlat dasturlari yoki ijtimoiy daftarlar orqali yordam olgan bo'lsa (12-band).

  • Ushbu yordamning maqsadi nima?

    Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarni daromad bilan ta'minlash maqsadida, ularga qishloq xo‘jaligi yoki tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini auksion orqali ijaraga olish xarajatlarini qoplab berishdir.

    Kompensatsiya olish muddati qancha?

    Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kimlar yer xaridi uchun kompensatsiya olishi mumkin?

    "Temir daftar"dagi yoki o‘ta og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yerdan samarali foydalanib daromad topish istagida bo‘lgan, ijtimoiy xodim tomonidan keys-menejment asosida muhtoj deb topilgan shaxslar (4-5-bandlar).

    Qaysi holatda kompensatsiya berish rad etiladi?

    Agar shaxs ayni shu yer uchastkasini ijaraga olish uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki bandlik jamg‘armalari orqali subsidiya olgan bo‘lsa (12-band).

    Agar auksion summasi mahalla limitidan katta bo‘lsa-chi?

    Bunday holda yordam miqdori Jamg‘arma imkoniyatidan kelib chiqib qisman qoplanishi yoki navbat keyingi oylarga ko‘chirilishi mumkin (18-band).

  • Pandus o‘rnatish xizmati qaysi yordam turiga kiradi?

    Bu Nizomning 32-bandiga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning uy-joy-maishiy sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish xizmatiga kiradi.

    Pandus o‘rnatish uchun yordam necha kunda ko‘rib chiqiladi?

    Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kimlar pandus o‘rnatish uchun murojaat qilishi mumkin?

    Ko‘p qavatli uyda yashovchi, harakatlanishda qiyinchilikka ega nogironligi bor shaxslar yoki ularning vakillari, agar oila ijtimoiy xodim tomonidan muhtoj deb topilgan bo‘lsa (4-5-bandlar).

    Pandus qurish uchun materiallarni qayerdan olish kerak?

    "Ijtimoiy himoya" ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali vaucher yordamida tanlanadi (37-band).

    Agar uy ijaraga olingan bo‘lsa-chi?

    Agar shaxs ijarada yashayotgan bo‘lsa, pandus o‘rnatish (konstruksiya kiritish) uchun ijaraga beruvchining (uy egasining) roziligi talab etiladi (31-band).

    Pandus o‘rnatish ishlari qanday tasdiqlanadi?

    Materiallar yoki tayyor pandus yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma'lum qilishi orqali xarid yakunlanadi (37-band).