Find your benefit

70+ benefits and social services. Search or choose your situation.

Benefits Category:

Choose one

Support

Not sure which fits?

Call the hotline:

1087

Or visit an “Inson” centre.

Benefits for you: All Benefits

Found: 13
  • Xizmatning huquqiy asosi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament.

    Xizmat ko‘rsatish muddati qancha?

    Murojaat qilingan kundan boshlab barcha o‘rganishlar va yakuniy qaror qabul qilish 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Kimlar muhtoj shaxs deb e’tirof etiladi?

    1. Yolg‘iz keksalar va nogironlar: Parvarishlovchi yaqinlari (farzand, ota-ona, turmush o‘rtoq) bo‘lmaganlar.
    2. Yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironlar: Yaqinlari bor, lekin ular bilan yashamaydigan yoki yaqinlari uzoq muddat davolanishda/qamoqda bo‘lganlar.

    Murojaatni qanday shaklda berish mumkin?

    Ijtimoiy xodim orqali (uyma-uy yurish), "Inson" markaziga bevosita yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” AT orqali.

    «Oferta» nima va u nima uchun kerak?

    Bu shaxsning yashash sharoitini o‘rganishga bergan rasmiy roziligi (shartnomasi). Ijtimoiy xodim murojaatdan keyin 24 soat ichida u bilan tanishtiradi.

    Yashash sharoitini kim baholaydi?

    Multidissiplinar guruh: "Inson" markazi xodimi, oilaviy shifokor va mahalla raisi. Ular sog‘liq, moddiy holat va ijtimoiy faollikni o‘rganadi.

    «Ballar» tizimi qanday ishlaydi?

    Baholashda 116 va undan yuqori ball to‘planishi muhtojlikni rad etishga asos bo‘ladi. Ball qancha past bo‘lsa, muhtojlik darajasi shuncha yuqori hisoblanadi.

    Individual ijtimoiy xizmatlar rejasi nima?

    Maqom berilgach tuziladigan maxsus yordam rejasi: tibbiy ko‘rik, bepul dori-darmon, uy-joyni moslashtirish, huquqiy va ijtimoiy yordamlar.

    Qachon shaxs Reyestrdan chiqariladi?

    O‘z xohishi bilan voz kechganda, parvarishlovchi shaxs paydo bo‘lganda, nogironlik guruhi bekor bo‘lganda yoki 1 oydan ortiq muddatga chet elga ketganda.

    Monitoring qanchalik tez-tez o‘tkaziladi?

    Reyestrdagi shaxslar har 6 oyda kamida bir marotaba qayta monitoring (baholash)dan o‘tkaziladi.

  • Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qancha?

    Tibbiy ko‘rik va tegishli sog‘lomlashtirish choralari 10 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.

    Tibbiy ko‘rik ijtimoiy xizmatlar rejasiga kiritiladimi?

    Ha. Reglamentning 27-bandiga ko‘ra, individual rejada shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish tadbiri alohida band sifatida ko‘rsatiladi.

    Tibbiy ehtiyojlarni kim aniqlaydi va kim javobgar?

    Multidissiplinar guruh tarkibidagi oilaviy shifokor. U shaxsning tibbiy xizmatga va dori-darmonga ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgar (15-band).

    Sog‘liqni baholashda nimalar tekshiriladi?

    Mavjud surunkali, ruhiy va yuqumli kasalliklar, bepul dori-darmonga muhtojlik va uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish zarurati (15-band).

    Agar shaxs uydan chiqa olmasa, ko‘rik qanday tashkil etiladi?

    15-bandga ko‘ra, multidissiplinar guruh tarkibidagi shifokor shaxsning uyiga borib, uning uyda tibbiy xizmatga muhtojlik darajasini aniqlashi shart.

    Tibbiy ko‘rik natijasi qayerda saqlanadi?

    Barcha tibbiy xulosalar va ko‘rik natijalari “Ijtimoiy himoya” AT (axborot tizimi)ga elektron shaklda kiritiladi (23-band).

    Tibbiy holat qanchalik tez-tez qayta tekshiriladi?

    Har 6 oyda kamida bir marotaba monitoring o‘tkaziladi va shaxsning sog‘lig‘i hamda tibbiy ehtiyojlari qayta baholanadi (36-band).

  • Ijtimoiy faollikni oshirish tadbirlari qancha muddatda amalga oshiriladi?

    Madaniy-ma'rifiy va ijtimoiy faollikni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish 22 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi va rejalashtirilishi belgilangan.

    Reglamentda «Madaniy tadbir» tushunchasi qanday ifodalangan?

    Matnda bu "muloqot va dam olish xizmatiga ehtiyoj" (21-band) hamda "kundalik hayotdagi ijtimoiy faolligini oshirish" (27-band) tadbirlari sifatida talqin qilinadi.

    Shaxsning madaniy hordiqqa ehtiyoji qanday aniqlanadi?

    14 va 21-bandlarga ko‘ra, Multidissiplinar guruh shaxsning qarindoshlari, do‘stlari bilan muloqoti hamda dam olish xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini alohida baholaydi.

    Madaniy tadbirlarni tashkil etishga kimlar jalb qilinadi?

    27-bandga muvofiq, ushbu jarayonga ko‘ngillilar (volontyorlar), vasiylik va homiylik qilishni xohlovchi shaxslar hamda mahalla faollari jalb etilishi mumkin.

    Ushbu xizmat turi Individual rejaga kiritiladimi?

    Ha. 27-bandga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlangan individual ijtimoiy xizmatlar rejasining ajralmas qismi hisoblanadi.

    Dam olish xizmatlaridan foydalanish majburiymi?

    Yo‘q. 47-bandga ko‘ra, shaxs individual rejada belgilangan har qanday xizmatdan, jumladan madaniy yoki muloqot xizmatlaridan foydalanishni rad etish huquqiga ega.

    Muloqot va dam olish ehtiyoji qanchalik tez-tez tekshiriladi?

    Har 6 oyda o‘tkaziladigan monitoring jarayonida shaxsning ijtimoiy faolligi va xizmatlardan qoniqish darajasi qayta baholanadi (36-band).

  • Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori.

    Dori-darmon ehtiyojini aniqlash va ta’minlash muddati qancha?

    Shaxsning bepul dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojini baholash va tegishli choralarni ko‘rish 12 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.

    Dori-darmonga muhtojlik qanday aniqlanadi?

    15-bandga ko‘ra, shaxsning sog‘lig‘i holatini baholash jarayonida uning bepul dori-darmonga ehtiyojlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planadi va tahlil qilinadi.

    Ehtiyojni aniqlash uchun kim mas’ul hisoblanadi?

    Multidissiplinar guruh tarkibidagi oilaviy shifokor ushbu ma’lumotlarning to‘g‘ri shakllantirilishi va baholanishi uchun shaxsan javobgardir (15-band).

    Dori-darmon bilan ta’minlash qayerda qayd etiladi?

    Bepul dori-darmonga muhtojlik darajasi va unga bo'lgan ehtiyoj Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida (27-band) hamda “Ijtimoiy himoya” ATda aks ettiriladi.

    Dori-darmon ehtiyoji qanchalik tez-tez qayta ko‘rib chiqiladi?

    Har 6 oyda o‘tkaziladigan monitoring jarayonida shaxsning sog‘lig‘i va dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji yangilanib boriladi (36-band).

    Dori-darmon olish uchun qanday ma’lumotlar to’planadi?

    Shaxsdagi mavjud surunkali, ruhiy yoki yuqumli kasalliklar hamda ularni davolash uchun zarur bo'lgan preparatlarga muhtojlik darajasi o'rganiladi (15-band).

    Agar dori-darmon berilmasa, qayerga shikoyat qilish mumkin?

    "Inson" markazi yoki mas'ul tashkilotlarning harakatsizligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda (Ijtimoiy inspeksiya yoki sudga) shikoyat qilinishi mumkin (52-band).

  • Sanitar tadbirlarni o‘tkazish muddati qancha?

    Dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlari so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng 5 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.

    Xizmat doirasida aynan nimalar qilinadi?

    O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsning yashash joyida dezinfeksiya (mikroblarga qarshi) va dezinseksiya (hasharotlarga qarshi) ishlari bepul o‘tkaziladi.

    Xizmatni o‘tkazish uchun kimga murojaat qilinadi?

    Shaxs yoki uning qonuniy vakili mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi kifoya.

    Xizmat ko‘rsatishga qaysi tashkilot mas’ul?

    Tuman (shahar) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari "Inson" markazi so‘rovnomasi asosida ishni bajaradi.

    Qanday holatlarda ushbu xizmat ko‘rsatiladi?

    1. Shaxs yoki vakilining murojaatiga asosan.
    2. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida ushbu tadbirni o‘tkazish zarurati ko‘rsatilgan bo‘lsa.

    Xizmat natijalari qayerda qayd etiladi?

    Barcha o‘tkazilgan sanitar tadbirlar haqidagi ma’lumotlar mas’ullar tomonidan “Ijtimoiy himoya” AT (axborot tizimi)ga kiritib boriladi.

    Agar xizmat sifatsiz bajarilsa yoki rad etilsa-chi?

    "Inson" markazi direktori va Ijtimoiy inspeksiya ushbu reglament talablari ijrosini nazorat qiladi. Norozi bo‘lgan taqdirda sudga shikoyat qilish mumkin.

  • Dalolatnoma rasmiylashtirish muddati qancha?

    Vakolatli organ ("Inson" markazi) so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi (16-band).

    Ushbu dalolatnoma nima uchun kerak?

    Qarab turishning haqiqiy holati to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar qarab turuvchi shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos bo‘ladi (3-band).

    Kimlarga qarab turganda ushbu xizmat ko‘rsatiladi?

    1. I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga.
    2. 18 yoshgacha nogironligi bor bolaga.
    3. O‘zgalar parvarishiga muhtoj 80 yoshga to‘lgan qariyalarga (1-band).

    Dalolatnoma qancha muddatga beriladi?

    Dalolatnoma 12 oy muddatga rasmiylashtiriladi. Har 6 oyda bir marta monitoring o‘tkaziladi (6-band).

    Xizmat uchun to‘lov bormi?

    Yo‘q, davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi (9-band).

    Qayerga murojaat qilish kerak?

    Davlat xizmatlari markazlari (DXM), "Inson" markazi xodimlari yoki onlayn tarzda YIDXP (my.gov.uz) orqali (8-band).

    Qaysi holda dalolatnoma tuzish rad etiladi?

    Ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lsa, parvarishga muhtoj shaxsning roziligi bo‘lmasa yoki u internat uylariga (Muruvvat/Saxovat) joylashtirilgan bo‘lsa (17-band).

    Keksalar muhtojligini kim baholaydi?

    80 yoshga to‘lgan keksalar uchun muhtojlik darajasi "Inson" markazi xodimi tomonidan Bartel va Lauton shkalalari yordamida baholanadi (7-band).

    Dalolatnoma qachon bekor qilinadi?

    Shaxslardan biri vafot etganda, parvarishga muhtoj shaxs nikohdan o‘tganda (oila qurganda) yoki haqiqatda qarab turilmayotganligi aniqlanganda (22-23-bandlar).

  • Xizmat ko‘rsatish (murojaatni ko‘rib chiqish) muddati qancha?

    Murojaatni o‘rganish, shaxsning muhtojligini baholash va qaror qabul qilish 7 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.

    Kunduzgi qatnov shaklida kimlar pullik xizmatdan foydalana oladi?

    Parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari bor keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar (shartnoma asosida).

    Xizmat muddati qancha etib belgilangan?

    Kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rsatiladi (3-band).

    Kunduzgi qatnov xizmati qayerda ko‘rsatiladi?

    Agentlik tomonidan belgilangan kvotalar doirasida, faqat Markazlar joylashgan viloyat (shahar)da yashovchi shaxslarga ko‘rsatiladi.

    Murojaat qanday tartibda beriladi?

    Shaxs yoki uning qonuniy vakili bevosita "Inson" markaziga murojaat qiladi yoki "Ijtimoiy himoya" AT orqali elektron so‘rovnoma to‘ldiradi.

    Xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma tuziladimi?

    Ha. Markaz va shaxs (yoki vakili) o‘rtasida xizmatlar turi, narxi va davomiyligi ko‘rsatilgan ikki yoki uch tomonlama shartnoma tuziladi (37-band).

    Kunduzgi qatnovda qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?

    Individual parvarishlash rejasiga muvofiq: reabilitatsiya, psixologik yordam, kasbga o‘rgatish (ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi) va madaniy tadbirlar.

    Xizmatdan foydalanish uchun qanday majburiyat bor?

    Shartnomada nazarda tutilgan kunlarda shaxsning o‘zi Markazga kelishi (qatnashi) talab etiladi (52-band).

    Qaysi holatlarda xizmat ko‘rsatish rad etiladi?

    Agar shaxsda o‘tkir yuqumli kasalliklar, ruhiy buzilishlar yoki sil kasalligining faol bosqichi kabi qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa (4-band).

  • Mobil xizmatni tashkil etish muddati qancha?

    Murojaatni ko‘rib chiqish, ehtiyojni baholash va mobil guruhni biriktirish 7 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Mobil xizmat deganda nima tushuniladi?

    Bu Markaz mutaxassislarining (reabilitolog, psixolog, ijtimoiy xodim va h.k.) muhtoj shaxsning uyiga borib xizmat ko‘rsatishidir.

    Xizmat muddati qancha?

    Mobil shaklda xizmatlar bir yilgacha bo‘lgan muddatda ko‘rsatilishi mumkin (3-band).

    Kimlar ushbu xizmatdan foydalana oladi?

    Markaz joylashgan tuman (shahar) hududida yashaydigan, qarindoshlari bor, lekin uy sharoitida reabilitatsiyaga muhtoj shaxslar.

    Mobil xizmat pullikmi yoki bepul?

    Qarindoshlari bor shaxslar uchun bu xizmat shartnoma asosida pullik ko‘rsatiladi.

    Qanday xizmatlar uyga borib ko‘rsatiladi?

    Individual parvarishlash rejasidagi reabilitatsiya mashqlari, psixologik maslahatlar va ijtimoiy-maishiy yordamlar.

    Mobil guruh tarkibiga kimlar kiradi?

    Xizmat turiga qarab Markaz tomonidan shakllantiriladigan malakali mutaxassislar jamoasi (55-band).

  • Xizmatni tashkil etish (qaror qabul qilish) muddati qancha?

    Murojaatni ko‘rib chiqish va Markazga joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish 7 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

    Qisqa va uzoq muddatli xizmatlar kimlar uchun?

    Parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari bor, ammo ma’lum muddat (masalan, reabilitatsiya uchun) Markazda yashab davolanishni xohlovchi shaxslar uchun.

    Uzoq muddatli xizmatning maksimal muddati qancha?

    Pullik asosda xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar uchun statsionar shaklda bir yilgacha bo‘lgan muddat belgilangan (3-band).

    Doimiy (cheklanmagan) muddatga kimlar joylashtiriladi?

    Parvarish qiladigan yaqin qarindoshlari va o‘z nomida ko‘chmas mulki bo‘lmagan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar (3-band "a" kichik bandi).

    Qisqa muddatli joylashishning afzalligi nimada?

    Shaxs Markazda yashagan holda intensiv reabilitatsiya, professional parvarish va ijtimoiy-mehnat terapiyasini oladi (46, 57-bandlar).

    Xizmat pullikmi yoki bepul?

    Qarindoshlari bor shaxslar uchun shartnoma asosida pullik, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘izlar uchun esa bepul (3-band belgilangan toifalari).

    Markazdan muddatidan oldin chiqish mumkinmi?

    Ha. Shaxsning o‘zi yoki yaqin qarindoshlarining arizasiga binoan Markazdan chiqarish haqida buyruq rasmiylashtiriladi (67, 68-bandlar).

  • “Faol hayotga qadam” dasturi nima?

    Bu o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlarni vaucher (subsidiya) asosida ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi davlat dasturidir (2025-yil 1-iyundan boshlangan).

    Dastur doirasida qanday yangi xizmatlar ko‘rsatiladi?

    1. Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam.
    2. Uy sharoitida qarab turish.
    3. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya.
    4. Kunduzgi qatnov asosida qarab turish.
    5. Shaxsy yordamchi xizmati.

    Vaucher tizimi qanday ishlaydi?

    Davlat ijtimoiy xizmatlar xarajatining bir qismini vaucher orqali qoplab beradi. Muhtoj shaxs vaucher olgach, "Oila hamkor" platformasidan o‘zi istagan xizmat ko‘rsatuvchini tanlaydi.

    Xizmat ko‘rsatuvchi sifatida kimlar ishlashi mumkin?

    "Inson" markazlari, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

    Xizmat ko‘rsatuvchilarga qanday talab qo‘yiladi?

    Ular 36 soatlik o‘quv kursini bitirib, 3 yil muddatga beriladigan sertifikatga ega bo‘lishlari shart (3-band).

    Murojaat qayerga va qanday qilinadi?

    "Inson" markaziga, ijtimoiy xodimga, YIDXP (my.gov.uz) yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali murojaat qilish mumkin (7-band).

    Murojaat necha kun ichida ko‘rib chiqiladi?

    "Inson" markazi mas’ul xodimi so‘rovnomani 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va shaxsning ehtiyojini baholaydi (11-band).

    Vaucher qancha muddatga beriladi?

    Vaucher ijtimoiy xizmatdan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda foydalanish huquqi bilan beriladi (18-band).

    Xizmat ko‘rsatilgani qanday tasdiqlanadi?

    Xizmat ko‘rsatuvchi har kuni xizmatdan foydalangan shaxsning biometrik ma’lumotlarini (Face-ID) tizimga kiritishi shart (5-band).

    Qaysi holatlarda vaucher bekor qilinadi?

    Shaxs 10 ish kunida xizmat ko‘rsatuvchini tanlamasa, vafot etsa, xizmatdan voz kechsa yoki 1 oydan ortiq muddatga chet elga chiqsa (20-band).

  • Hujjatlarni tiklash uchun pul to’lanadimi?

    Yo‘q. 44-bandga ko‘ra, pasport yoki ID-kartalarni tiklashda davlat boji undirilmaydi.

    Qaysi organlar hujjatlarni tiklab beradi?

    "Inson" markazi so‘rovi bilan Ichki ishlar organlari (pasport/ID-karta) va Adliya bo‘limlari (tug‘ilganlik guvohnomasi va boshqalar) shug‘ullanadi.

    Tiklash jarayoni qancha vaqt oladi?

    Sudga ariza loyihasini tayyorlash 5 ish kuni, huquqiy tushuntirish berish esa 15 kun (43, 45-bandlar). Pasport tiklash qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

    Faqat shaxsiy hujjatlar tiklanadimi?

    Yo‘q, nafaqat shaxsiy pasport, balki voyaga yetmagan farzandlariga guvohnoma olish va mulkiy huquqlarni belgilovchi hujjatlarni tiklashda ham yordam beriladi (42-band).

    Hujjatlar yo‘qolgan bo‘lsa, kim yordam beradi?

    Yashash sharoitini baholash jarayonida (19-band) shaxsning hujjatlari yo‘qligi aniqlanadi va bu Individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga kiritiladi.

    Qaysi hujjatlar tiklanishiga ko‘maklashiladi?

    Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-karta) hamda ijtimoiy himoya huquqini beruvchi boshqa zarur hujjatlar.

    Tiklash jarayoni qayerda qayd etiladi?

    27-bandga ko‘ra, bu tadbir "shaxsni ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilish chorasi" sifatida individual rejaga kiritiladi.

    Hujjat tiklangani haqida ma’lumot qayerga kiritiladi?

    29-bandga binoan, ijtimoiy xodim hujjat tiklangani yoki yordam ko‘rsatilgani haqidagi ma’lumotni “Ijtimoiy himoya” ATga kiritishi shart.

    Hujjatlarni tiklash muddati qancha?

    Umumiy baholash jarayoni (7-banddan 11-bandgacha) murojaatdan keyin bir necha ish kunida boshlanadi, biroq hujjatni tiklashning o‘zi tegishli organlar (IIV, Adliya) reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari (IQQM) o‘zi nima?

    Bular ilgarigi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari pansionatining yangi nomi va tizimidir (1-band).

    Murojaatni ko‘rib chiqish muddati qancha?

    Umumiy hisobda murojaat 7 ish kuni ichida to‘liq ko‘rib chiqiladi (2 kun "Inson" markazi + 5 kun Maxsus komissiya) (Nizom, 14, 17-bandlar).

    Markazga kimlar bepul va doimiy yashash uchun qabul qilinadi?

    Boquvchisi (1-darajali qarindoshlari) bo‘lmagan va o‘z nomida uyi yo‘q, o‘zgalar parvarishiga muhtoj ёлғиз кексалар ва ногиронлиги бўлган шахслаar (Nizom, 3-band).

    Qarindoshlari bor shaxslar qanday tartibda joylashadi?

    Ular pullik shartnoma asosida joylashishlari mumkin. Bunda uzoq muddatli yoki qisqa muddatli stasionar xizmatlardan foydalanish imkoni bor.

    Ijtimoiy reyestrdagilar uchun to‘lov qancha?

    Ijtimoiy reyestrdagi oila a’zolari uchun xizmat haqi imtiyozli bo‘lib, ular narxning 20 foizini to‘laydilar (qolgan 80% davlat tomonidan qoplanadi) (Qaror, 3-band).

    Markazga joylashish uchun qayerga borish kerak?

    "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilinadi yoki "Ijtimoiy himoya" AT portalidan elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi (Nizom, 10-band).

    Bo‘sh o‘rinlar haqida qayerdan ma’lumot olsa bo‘ladi?

    IQQMlardagi bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumotlar Agentlik saytida va "Ijtimoiy himoya" ATda real vaqt rejimida ko‘rinib turadi (Nizom, 5-band).

    Markazda yashayotganlar pullik xizmat turini o‘zi tanlaydimi?

    Ha. Pullik xizmat oluvchilar bazaviy xizmatlardan tashqari, qo‘shimcha reabilitatsiya va parvarish xizmatlarini shartnoma asosida o‘zlari tanlaydilar (Nizom, 37-band).

    Yordam ko‘rsatish shakllari qanday?

    Faqat yashash emas, balki mobil (uyga borish), kunduzgi qatnov va qisqa muddatli stasionar (vaqtincha yashash) shakllari ham mavjud (Nizom, 49-band).

    Rad etish uchun qanday asoslar bor?

    Faqatgina Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tibbiy qarshi ko‘rsatmalar (ruhiy buzilishlar, yuqumli kasalliklar va h.k.) mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkin.

  • Ushbu moddiy yordam nima uchun beriladi?

    Ilgari bepul berilgan oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari o‘rniga, ularning qiymati miqdorida oylik pul to‘lovi shaklida beriladi (1-band).

    Kimlar ushbu yordamni olish huquqiga ega?

    O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan ёлғиз шахслар (Reyestrga kiritilganlar) (2-band).

    Yordam qaysi xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan?

    1. Oziq-ovqat mahsulotlari;
    2. Shaxsiy gigiyena tovarlari;
    3. Uy-joy kommunal xizmatlar haqi (2-band).

    Yordam qanday shaklda tayinlanadi?

    Mazkur qarorga ko‘ra, tizimni raqamlashtirish orqali bu to‘lovlar "proaktiv shakl" da (fuqarodan qo‘shimcha hujjat talab etmagan holda, elektron bazadagi ma'lumotlar asosida) tayyinlanadi (3-band).

    Xizmatning huquqiy asosi nima?

    Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori (31.05.2024-yildagi 316-son qaror tahririda).

    Mablag‘lar qayerdan to‘lanadi?

    O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan (11-band).

    Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida (pansionatlarda) yashovchilarga qancha to‘lanadi?

    Markazlarda yashovchi shaxslarga ularning shaxsiy sarf-xarajatlari uchun nafaqaning 20 foizi miqdorida mablag‘ to‘lab boriladi (68-band).

    To’lov qachon to’xtatiladi?

    Shaxs vafot etganda, yordam olish huquqi yo‘qolganda yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketganda (69-band).